Real Chelsi va Liverpulning Ramon borasidagi rejasini buzishi mumkin

Italiyaning «Komo» klubida to‘p surayotgan himoyachi Xakobo Ramon Angliya Premyer-ligasiga yo‘l olishi ehtimoli bor, deb xabar bermoqda Caught Offside. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, 21 yoshli futbolchini «Chelsi», «Liverpul» va «Tottenhem» o‘z safiga qo‘shib olish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Ramonning bozor bahosi 18 million yevroga teng deb baholanmoqda.
Biroq transfer «Real» aralashuvi sabab barbod bo‘lishi mumkin: Madrid klubi futbolchini «Komo»dan 8 million yevro evaziga qaytarib sotib olish huquqiga ega.
Joriy mavsumda Ramon Italiya jamoasi safida 17 uchrashuvda maydonga tushdi va 2 ta gol muallifiga aylandi. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing