10:35 / 21.02.2017
5 358

“Barselona”ni endi kim boshqaradi?

“Barselona”ni endi kim boshqaradi?

Angliyaning “Liverpul” jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Ispaniya grand jamoasi “Barselona”ga o‘tishi mumkin. U ko‘k-anor ranglilarning yangi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin bo‘lgan nomzodlar ichida birinchi o‘rinda turibdi. Bu haqda “Mirror” nashriga tayanib “Qalampir.uz” xabar berdi.

Nemis mutaxassisidan tashqari, “Everton”ning gollandiyalik ustozi Ronald Kuman ham bu lavozimga loyiq ko‘rilmoqda.

Ayni paytda jamoani inqirozlar ko‘chasiga boshlab borayotgan kataloniyalik Luis Enrike mavsum yakunida lavozimidan ketishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Chempionlar Ligasi 1/8 final bahslarida Kataloniya jamoasi safarda fransuzlarning “PSJ” jamoasidan yirik, 4:0 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barselona”ni endi kim boshqaradi?