Grishin Alonsoga Germaniyada qolish foydaliroq edi deb hisoblaydi

CSKA sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Grishin Xabi Alonsoning Madridning «Real» klubiga yo‘l olgani xato qaror bo‘lganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis fikricha, Alonso Germaniyada qolsa ma’qulroq edi: «Bayer» bilan Bundesligadagi chempionlikdan keyin u yerda murabbiyning obro‘si keskin oshgan, unga nisbatan ishonch va e’tirof yuqori bo‘lgan.
«Menimcha, u Germaniyada qolishi kerak edi, u yerda hamma uni qadrlardi. Lekin «Real»ga yo‘q deyish qiyin. Yaxshi niyat qildi, ammo natija aksincha bo‘lib chiqdi», — dedi Grishin «Match TV» efirida.
Eslatib o‘tamiz, Alonso va «Real» Ispaniya Superkubogida «Barselona»ga 2:3 hisobida yutqazgach, shartnomani bekor qilgan.
Endi jamoa bilan ishlash sobiq Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Alvaro Arbeloaga topshiriladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!