date

Atalanta Atletiko hujumchisi Raspadorini sotib olishga yaqin

Atalanta Atletiko hujumchisi Raspadorini sotib olishga yaqin

Hujumchi Jakomo Raspadori Madridning “Atletiko” klubini tark etib, avval “Napoli” safida o‘ynagan Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Janluka di Marsio xabariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchini “Atalanta” o‘z safiga qo‘shib olishni xohlamoqda. Bergamoliklar futbolchi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazib, transfer yuzasidan kelishuvga erishgan. Bitim qiymati 25 million yevroga baholanmoqda.

Mavsumning birinchi yarmida Raspadori A Seriyasida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma bilan ajralib turgan.

A Seriyasining 20-turidan so‘ng “Atalanta” 31 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Atalanta Atletiko hujumchisi Raspadorini sotib olishga yaqin