Dominik SoboslaI Liverpulda jarima maydoni ortidan eng sermahsul

“Liverpul”ning vengriyalik yarim himoyachisi Dominik SoboslaI jamoada jarima maydoni tashqarisidan urilgan gollar bo‘yicha yetakchi futbolchi bo‘lib turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
OptaJoe ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi uch mavsumda 25 yoshli futbolchi uzoq masofadan sakkiz bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Bu ko‘rsatkich ayni davrda “Liverpul”ning boshqa har qanday o‘yinchisidan ikki barobar yuqori.
Joriy mavsumda SoboslaI barcha turnirlarni inobatga olganda 28 uchrashuvda maydonga tushib, 6 gol urdi va 5 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
17 yanvar kuni “Liverpul” APLning 22-turida o‘z maydonida “Byornli”ni qabul qiladi. Bellashuv 20:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing