date

Dortmundning Borussiyasi Verderni yirik hisobda taslim qildi

Dortmundning Borussiyasi Verderni yirik hisobda taslim qildi

Bundesliganing 17-turida Dortmundning «Borussiya» jamoasi uzoq vaqtdan beri g‘alaba nimaligini bilmay kelayotgan «Verder»ni qabul qildi. Uchrashuv davomida «asalarilar» tashabbusni qo‘ldan bermadi va yaratilgan vaziyatlardan samarali foydalandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

11-daqiqada burchak to‘pidan uzatma golga aylandi: Niko Shlotterbek bosh bilan aniq zarba berib, hisobni ochdi. 75-daqiqada esa Feliks Nmechaning qanotdan uzatmasi ortidan Marsel Zabittser uchib kelayotgan to‘pni vole zarbasi bilan darvozaga joylab, intriga masalasini yopdi. 83-daqiqada mehmonlar himoyasidagi xatodan so‘ng Seru Girassi vaziyatdan foydalanib, yakuniy hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Bu g‘alabadan keyin «Borussiya» 36 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Verder» esa 17 ochko jamg‘arib, 12-pog‘onada qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dortmundning Borussiyasi Verderni yirik hisobda taslim qildi