date

U-23 Osiyo Kubogida birinchi yarim finalchi ma’lum bo‘ldi

U-23 Osiyo Kubogida birinchi yarim finalchi ma’lum bo‘ldi

U-23 Osiyo Kubogi chorak final bahslaridan yana biri — Yaponiya va Iordaniya o‘rtasidagi to‘qnashuv ham o‘z intiqlik darajasini oxirigacha ushlab turdi. Asosiy vaqtda ham, qo‘shimcha taymlarda ham g‘olib aniqlanmadi — jamoalar 1:1 hisobida durang qayd etishdi. Oxir-oqibat, taqdirni penaltilar seriyasi hal qildi va bu “lotereya”da omad “samuraylar” tomonida bo‘ldi.

Uchrashuvda hisob 30-daqiqada Iordaniyaning foydasiga ochildi: Azaizeh aniq zarba bilan jamoasini oldinga olib chiqdi. Biroq Yaponiya ikkinchi bo‘limda bosimni oshirib, 50-daqiqada Furuyaning goli evaziga muvozanatni tikladi. Keyingi daqiqalarda har ikki jamoada ham imkoniyatlar bo‘ldi, ammo hal qiluvchi zarba yetishmadi — hisob o‘zgarishsiz qoldi.

Qo‘shimcha taymlarda ham o‘yin qizib ketdi: Iordaniya intizomli himoyalandi, Yaponiya esa g‘alaba golini izladi. Lekin natija yana o‘sha — 1:1. Shundan keyin penaltilar seriyasida yaponlar o‘ziga xos xotirjamlik va aniqlik ko‘rsatib, 4:2 hisobida ustun keldi.

Qiziq jihati — ushbu bahsda o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi faoliyat yuritdi. Asosiy hakam sifatida Asker Najafaliyev ishlagan bo‘lsa, qanotlarda Ruslan Serazitdinov va Baxtiyorxo‘ja Shavkatov unga ko‘maklashdi. VAR vazifasini esa Firdavs Norsafarov bajardi. Bir so‘z bilan aytganda, maydonda nafaqat jamoalar, balki hakamlarimiz ham xalqaro maydonda o‘z imzosini qoldirdi.

U-23 Osiyo Kubogi

Chorak final

Yaponiya – Iordaniya 1:1 (4:2 – penaltilar bo‘yicha)

Gollar: Furuya 50’ – Azaizeh 30’

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » U-23 Osiyo Kubogida birinchi yarim finalchi ma’lum bo‘ldi