Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua yana maglub bo'ldi

Leonid Slutskiy murabbiyligidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasida navbatdagi uchrashuvda ham ochkosiz qoldi. Xitoy klubi umumiy bosqichning 6-turida safarda «Sanfrecce Xirosima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yinda yagona gol 78-daqiqada urildi: mezbonlar himoyachisi Hayato Araki aniq zarba bilan bahs taqdirini hal qildi. Shu tariqa «Shanxay Shenxua» turnirdagi ketma-ket uchinchi maglubiyatini qabul qilib oldi.
Olti turdan keyin Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onadan joy oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing