Napoli Amir Rrahmani bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Albaniyalik himoyachi Amir Rrahmani so'nggi yillarda «Napoli» mudofaasining asosiy tayanchlaridan biriga aylandi. Shu sabab klub rahbariyati futbolchi bilan amaldagi bitim muddatini uzaytirish bo'yicha ish olib bormoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hozirgi shartnoma 2027 yil yozigacha mo'ljallangan. Tuttomercatoweb xabariga ko'ra, yangi kelishuv uzoq muddatli bo'lmaydi: reja bo'yicha bitim bir yilga uzaytiriladi va 2029 yilgacha davom etishi mumkin bo'lgan opsiya ham qo'shiladi — o'sha paytda Rrahmani 35 yoshga to'ladi.
Manbada himoyachining kutilayotgan maoshi ham tilga olingan: u bir mavsum uchun 4 million yevro atrofida bo'lishi ko'zda tutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, hozir «Napoli» A Seriya turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!