date

Glushakov Rossiya va Senegal o'rtasidagi o'yinni a'lo g'oya deb bildi

Glushakov Rossiya va Senegal o'rtasidagi o'yinni a'lo g'oya deb bildi

“Spartak” va “Lokomotiv”ning sobiq yarim himoyachisi Denis Glushakov Rossiya hamda Senegal terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi ehtimoliga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvalroq Senegal futbol federatsiyasi prezidenti Abulayye Fal bunday bahsni tashkil etish imkoniyati borligini aytgandi.

Glushakovning fikricha, Senegal kabi kuchli jamoa bilan o'ynash Rossiya termasi uchun juda foydali bo'ladi: bu ham yaxshi sparring, ham jamoaning real kuchini sinovdan o'tkazadigan uchrashuv. Uning so'zlarini “Sovetskiy sport” keltirdi.

Ma'lumot uchun, Senegal yaqinda Afrika millatlar kubogini qo'lga kiritdi. Finalda Sadio Mane yetakchiligidagi jamoa Marokashni 1:0 hisobida mag'lub etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Glushakov Rossiya va Senegal o'rtasidagi o'yinni a'lo g'oya deb bildi