date

Levandovski Barselona bilan yana bir yil qolishni istaydi

Levandovski Barselona bilan yana bir yil qolishni istaydi

Robert Levandovski «Barselona»ni kelasi yozdayoq tark etishi mumkin. 37 yoshli hujumchining amaldagi shartnomasi iyun oxirida yakunlanadi. So‘nggi paytlarda polshalik forvardga MLS va Saudiya Arabistoni klublari jiddiy qiziqish bildirayotgani aytilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Ben Jeykobs xabariga ko‘ra, Levandovskining o‘zi esa Kataloniya klubida kamida yana bir mavsum qolishga umid qilmoqda. Tajribali futbolchi «Barselona» bilan kelishuvni uzaytirish masalasini muhokama qilishga tayyor.

Da’vogarlar qatorida «Chikago Fayr», «Al-Ittihod» va «Al-Shabab» nomlari tilga olinmoqda. Levandovski 2022 yil yozidan beri «ko‘k-anorranglilar» safida o‘ynamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Levandovski Barselona bilan yana bir yil qolishni istaydi