date

Galatasaray Napoli hujumchisi Noa Langni ijaraga oldi

Galatasaray Napoli hujumchisi Noa Langni ijaraga oldi

Hujumchi Noa Lang klubini o'zgartirdi. Galatasaray rasmiy sayti orqali 26 yoshli niderlandiyalik futbolchini Napoli tarkibidan ijara asosida qo'shib olganini e'lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Lang o'tgan yozdan beri Napoli safida to'p surib kelayotgandi. U muntazam ravishda maydonga tushgan bo'lsa-da, ko'pincha asosiy tarkibdan joy ololmagan. Endi Noa Istanbul grandida o'zini ko'rsatishga urinadi va bu jamoada uning vazifasi ancha muhimroq bo'lishi kutilmoqda.

Galatasaray Turkiya chempionati turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi va ikkinchi o'rindagi Fenerbahche'ni bir ochko farq bilan ortda qoldirmoqda. Chempionlar ligasida esa istanbulliklar hozircha 17-o'rinda. Kelasi hafta Galatasaray safarda Manchester Siti bilan to'qnash keladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasaray Napoli hujumchisi Noa Langni ijaraga oldi