Ardon Yashari Milan orzusini amalga oshirdi

Shveytsariyalik, kelib chiqishi albaniyalik yarim himoyachi Ardon Yashari Italiya chempionatiga yo'l oldi va endi Milan safida to'p surmoqda. Futbolchining aytishicha, u bolalikdagi orzusi bo'lgan jamoaga kelib qo'shilgan. Eslatib o'tamiz, Yashari bungacha Belgiya chempionatida Bryugge sharafini himoya qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yashari Milan safidagi dastlabki haftalarda olgan jarohatidan keyin ham o'zini qo'lga olish muhim bo'lganini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, u qaysi klubda o'ynayotganini unutmaslikka harakat qilgan, chunki bu uning orzusi bo'lgan Milan edi. Futbolchining fikrlarini pianetamilan.it keltirdi.
Ayni paytda Milan A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Yakshanba kuni jamoa Roma bilan bahs olib boradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!