Chelsi murabbiyi Mudrikning jamoaga qaytishi haqida gapirdi

Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Liam Rosennyor Mixaylo Mudrik atrofidagi vaziyatga to‘xtaldi. 25 yoshli vinger dopinga oid diskvalifikatsiya muddati yakuniga yaqinlashgani sabab tez orada jamoa ixtiyoriga qaytishi kutilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Rosennyorning aytishicha, u hozircha Mudrik bilan bevosita muloqot qilmagan, biroq yaqin vaqt ichida futbolchi bilan albatta suhbatlashishni rejalashtirmoqda. Murabbiy Mixayloni yuqori saviyadagi o‘yinchi deb baholab, u og‘ir sinovlardan o‘tganini ham ta’kidladi. Shuningdek, Rosennyor bu masalani klub rahbariyati va sport direktorlar bilan ham muhokama qilishi kerakligini qo‘shimcha qildi.
«Chelsi» yakshanba kuni APLning 23-turi doirasida safarda «Kristal Pelas»ga qarshi bahs o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!