Granit Jaka APL o'yinida muxlis bilan tortishib qoldi

Shanba kuni APLning erta uchrashuvida «Vest Hem» va «Sanderlend» maydonga tushdi. «Molotoboychilar» birinchi bo'limda juda faol o'ynab, tanaffusgacha uchta gol urdi. Ikkinchi taymda «qora mushuklar» faqat bir bor javob qaytardi — o'yin 3:1 hisobida yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv so'nggi daqiqalarida o'yin bir muddat to'xtab qoldi: «Sanderlend» zaxira o'rindig'i atrofidagi vakillar orqa tribunadagi muxlislar bilan janjallashib ketdi. Videolavhalarga ko'ra, bahsda eng faol ko'ringanlardan biri Granit Jaka bo'ldi. Yarim himoyachi jarohati sabab ro'yxatga kiritilmaganiga qaramay, jamoa bilan birga stadionda edi.
Final hushtagi chalinganidan keyin ham Jaka tribuna tomonga nimanidir qichqirib, hatto muxlisni yaqinroq kelishga chorlagandek ko'rindi. Endi vaziyat intizomiy qo'mita tomonidan ko'rib chiqilishi mumkin, biroq ko'p narsa hakam bayonnomada nimalarni qayd etganiga bog'liq bo'ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!