Pankaro Allegri Milan bilan juda yaxshi ishlayapti deb hisoblaydi

Italiyalik sobiq futbolchi Juzeppe Pankaro avval o‘zi ham to‘p surgan “Milan” bu mavsum A Seriya chempionligi uchun “Napoli” va “Inter” bilan teng kurasha olishiga ishonmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Pankaro fikricha, jamoa chempionatda barqaror o‘yin ko‘rsatmoqda, Massimiliano Allegri esa o‘z ishini yuqori darajada bajaryapti. Uning aytishicha, natijalar bunga yaqqol dalil va “Milan” chempionlik uchun real da’vogar.
Hozirda “Milan” A Seriya jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Yakshanba kuni klub “Roma”ga qarshi maydonga tushadi. “Milan” oxirgi bor 2022 yilda Italiya chempioni bo‘lgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…