date

Napoli futbolchisi David Neres Londonda operatsiya qildiradi

Napoli futbolchisi David Neres Londonda operatsiya qildiradi

«Napoli»ning braziliyalik vingeri David Neres chap tovonidagi muammoni butunlay bartaraf etish uchun jarrohlik amaliyotiga yotadi. Operatsiya Londonda o‘tkaziladi va futbolchi allaqachon u yerga yetib borgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bu qaror Neres uchun ko‘proq vaqt yo‘qotish evaziga bo‘lsa-da, jarohatni uzil-kesil davolatish maqsadida qabul qilingan. Amaliyotdan keyin unga tiklanish uchun kamida yana ikki oy kerak bo‘ladi.

Avvalroq yanvar boshida «Latsio»ga qarshi o‘yinda jarohat olgan futbolchi taxminan bir oy safdan chiqishi kutilgandi. Endi esa jarrohlik sabab muddat ancha cho‘ziladi.

Bu xabar Antonio Konte va «Napoli» muxlislari uchun yoqimsiz: jamoa лазарeti allaqachon jarohatlangan futbolchilar bilan to‘lib turgan bir paytda Neresning ham uzoq muddatga safdan chiqishi muammolarni ko‘paytiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Napoli futbolchisi David Neres Londonda operatsiya qildiradi