date

Flik Barselonaning sust ilk taymi uchun bahona qilmadi

Flik Barselonaning sust ilk taymi uchun bahona qilmadi

"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik La Ligada "Real Oviedo"ga qarshi uchrashuvning birinchi bo'limida jamoa kutilgandek o'ynay olmaganini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kataloniyaliklar chempionat autsayderi ustidan 3:0 hisobida yirik g'alabaga erishdi, biroq uchala gol ham tanaffusdan keyin urildi.

"Birinchi bo'limdagi omadsiz o'yin uchun oqlanmoqchi emasman, lekin biz to'xtovsiz maydonga tushyapmiz. Saudiya Arabistonidagi hafta, har uch kunda bir o'yin, Pragada sovuq... bularning hammasi ta'sir qiladi", — deya Flikning so'zlarini keltiradi Barca Universal.

Uchrashuvda Dani Olmo, Rafinya Dias va Lamin Yamal gol muallifiga aylandi. "Barselona" turnir jadvalida yana peshqadamlikni qaytarib oldi va Madridning "Real" klubidan bir ochko oldinga chiqdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik Barselonaning sust ilk taymi uchun bahona qilmadi