date

Milan bilan o'yinda Manu Kone jarohat olib maydonni tark etdi

Milan bilan o'yinda Manu Kone jarohat olib maydonni tark etdi

Italiya A Seriyasining yakshanba kungi so'nggi uchrashuvida «Milan» va «Roma» o'zaro to'qnash kelar ekan, rimliklar yarim himoyachisi Manu Kone uchun bahs noxush yakun topdi. Fransuz futbolchi o'yinning taxminan 60-daqiqalari atrofida jarohat oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kone maydonni o'zi tark etdi, biroq ancha oqsab yurdi va sonining orqa qismidan ushlab oldi. Uning o'rniga Nikolo Pizzilli maydonga tushirildi. Dastlabki taxminlarga ko'ra, Kone «Roma»ning bir nechta uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, hozirda «Roma» A Seriya turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda, «Milan» esa ikkinchi pog'onani egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Milan bilan o'yinda Manu Kone jarohat olib maydonni tark etdi