Vinisius Endrikning het-trigiga qisqa va ta’sirli munosabat bildirdi

Madridning “Real”idan ijara asosida “Lion”ga o‘tgan Endrik yangi jamoasida o‘zini darrov ko‘rsatdi. Yakshanba kungi “Mets”ga qarshi uchrashuvda braziliyalik hujumchi het-trik qayd etib, “tkachilar”ning 5:2 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
19 yoshli vatandoshining porlashi “Real” yulduzi Vinisius Junior e’tiboridan chetda qolmadi. U ijtimoiy tarmoqlarda Endrikka murojaat qilib: “Voy, shekilli, endi uni to‘xtatib bo‘lmaydi”, — deb yozdi.
Eslatib o‘tamiz, Endrik Fransiyaga yo‘l olguniga qadar joriy mavsumda deyarli maydonga tushmagan edi. “Lion” safida esa u qisqa vaqt ichida uch o‘yinda 4 ta gol urib, yana 1 ta golli uzatma ham berishga ulgurdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing