Gasperini Milan bilan durang adolatli bo‘ldi dedi

Italiya A Seriyasining 22-turida “Milan” “Roma”ga qarshi o‘yinda g‘alabani ushlab qola olmadi. Uchrashuv yakunidagi durang rimliklar bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini fikricha, voqealar rivojiga mos natija bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis “Milan” hisobda oldinga chiqqanida raqibga qarshi o‘ynash ancha murakkablashishini ta’kidladi. Shunga qaramay, Gasperini “Roma”ning mag‘lubiyati katta adolatsizlik bo‘lardi, deya baholadi: agar jamoasi birinchi bo‘lib gol urganda, ehtimol, g‘alaba ham rimliklar tomonida bo‘lardi.
Bu natijadan so‘ng “Roma” ochkolar bo‘yicha “Napoli”ga yetib oldi — har ikkala jamoada 43 tadan ochko bor. Rim klubi oxirgi bor 2001 yilda Italiya chempioni bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing