date

Brunu Fernandesh top ligalarda 10 assistga yetgan ikkinchi futbolchi

Brunu Fernandesh top ligalarda 10 assistga yetgan ikkinchi futbolchi

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh APLning joriy mavsumida 10 ta golli uzatma ko‘rsatkichiga chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Portugaliyalik futbolchi yubiley assistini yakshanba kuni «Arsenal»ga qarshi o‘yinda rasmiylashtirdi. Uchrashuv «qizil iblislar»ning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Joriy mavsumda Yevropaning besh yetakchi ligasida 10 va undan ko‘p assist qayd etgan futbolchilar ro‘yxatida Fernandesh ikkinchi bo‘lib turibdi. Avvalroq bunday natijaga faqat «Bavariya» vakili Maykl Olise erishgan — fransuz futbolchisining Bundesligadagi assistlari soni hozir 14 ta.

Assistlar reytingida uchinchi o‘rin ham «Bavariya» futbolchisi Luis Diasga tegishli (9 ta). Keyingi pog‘onada esa «Barselona» vingeri Lamin Yamal 8 ta golli uzatma bilan bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Brunu Fernandesh top ligalarda 10 assistga yetgan ikkinchi futbolchi