Kasado Yamaldan kutilgan goli chiqqanini aytdi

“Barselona” yarim himoyachisi Mark Kasado La Ligada “Real Ovedro” ustidan 3:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng Lamin Yamalning chiroyli goli haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
18 yoshli qanot futbolchisi 73-daqiqada qaychi uslubidagi zarbasi bilan hisobni yirik ko‘rinishga keltirib, uchrashuvdagi yakuniy natijani belgilab berdi.
Kasadoning aytishicha, Yamal uzoq vaqtdan beri aynan shunday golni kutib yurgan: “U nihoyat o‘sha orzu qilgan qaychi zarbasini golga aylantirdi. Men unga aytdim: mashg‘ulotdagidan ko‘ra o‘yinda urganing suratlarda ham ancha chiroyli chiqadi”, — dedi u jurnalistlar bilan suhbatda.
Joriy Ispaniya chempionati mavsumida Yamal 17 o‘yinda 8 ta gol urdi, shuningdek, jamoadoshlariga 8 bor golli uzatma berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!