Ilya Zabarnyy PSJ g'alabasidan keyin fikr bildirdi

Fransiya chempionatining 19-turida PSJ safarda "Oser"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdagi yagona golni o'yin oxirlarida vinger Bredli Barkola kiritdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bahsdan keyin jamoa himoyachisi Ilya Zabarnyy natija yuzasidan o'z fikrlarini aytdi.
“Jamoa raqibni siqib borib, baribir o'z so'zini aytishiga ishondi. PSJ hech qachon to'xtamaydi, doim ishini qiladi — bu bizning asosiy kuchimiz. Hisob qanday bo'lishidan qat'i nazar, jamoa hujum qilishdan charchamaydi, tempni ushlab turadi. Gol urish faqat vaqt masalasi edi”, — dedi futbolchi OAV vakillari bilan suhbatda.
Ushbu g'alabadan so'ng Luis Enrike shogirdlari 45 ochko to'plab, Liga 1 turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi. Parijliklar "Lans"dan ikki ochkoga oldinda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!