date

Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashining yangi prezidenti saylandi

Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashining yangi prezidenti saylandi

Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasi doirasida tashkilot prezidentligi uchun saylov bo‘lib o‘tdi. Natijada ushbu lavozimga Milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, Qatar Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Javan bin Hamad Al Tani saylandi.

U yagona nomzod sifatida ko‘rsatildi va delegatlar tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi. Saylov yakunlari munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Javan bin Hamad Al Tanini tabriklab, Osiyo mamlakatlarida olimpiya harakatini rivojlantirish hamda hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.

Bugun Toshkentda boshlangan 46-Bosh assambleyaning ilk qismi tashkiliy masalalar va Osiyo sportining keyingi taraqqiyotini belgilovchi asosiy qarorlarga bag‘ishlandi. Yig‘ilishni OOKning vaqtincha prezidenti kirish so‘zi bilan ochdi, ishtirokchilarga Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Baxning videomurojaati ham namoyish etildi.

Shuningdek, sessiya avvalida OCA Merit Award (“OOK oldidagi xizmatlari uchun”) mukofoti topshirildi. Asosiy qarorlardan biri sifatida Osiyo o‘smirlar o‘yinlariga mezbonlik qiladigan shaharlar bilan shartnomalar imzolandi: 2029 yilgi o‘yinlar poytaxti sifatida Toshkent rasman tasdiqlandi, 2031 yilgi musobaqalar esa Pnompenda o‘tkaziladi. Shartnomalar Toshkentda imzolandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashining yangi prezidenti saylandi