Manchester Siti Bundesligadagi yosh yulduzni kuzatmoqda

«RB Leyptsig»ning qanot hujumchisi Yan Diomande «Manchester Siti» radariga tushdi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, «RB Leyptsig» 19 yoshli iqtidor egasi uchun 100 million yevro so‘ramoqda. Klubning maqsadi — transfer bo‘yicha yangi rekord o‘rnatish. Hozircha «RB Leyptsig» tarixidagi eng yirik sotuv — 88 million yevroga «Manchester Siti»ga yo‘l olgan Yoshko Gvardiol transferi.
Diomande joriy mavsum barcha musobaqalarni hisobga olganda 19 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing