date

Chelsi Palmerning sobiq sherigini tarkibga qaytarmoqchi

Chelsi Palmerning sobiq sherigini tarkibga qaytarmoqchi

Londonning «Chelsi» klubi Koul Palmerning eski hamkorini yana bir jamoaga yig‘ishni ko‘zlamoqda. Transfer News Live TEAMtalk manbasiga tayanib, «aristokratlar» «Aston Villa»ning hujumkor yarim himoyachisi Morgan Rodjersga jiddiy qiziqish bildirayotganini yozdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Palmer va Rodjers avvalroq «Manchester Siti» yoshlar jamoasida birga to‘p surgan. Hozirda Morgan «Aston Villa» safida o‘ynamoqda va uning amaldagi shartnomasi 2031 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Manbalarga ko‘ra, Rodjers «Chelsi»ning uzoq vaqtdan beri kuzatuvidagi nishonlaridan biri. Klub rahbariyati bu futbolchi Palmerning maydondagi imkoniyatlarini yanada ochib beradigan, uni to‘ldirib bera oladigan variant deb hisoblamoqda.

Transfermarkt portali 23 yoshli Morgan Rodjersning bozor qiymatini 70 million yevroga baholagan.

Ayni paytda «Chelsi» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chelsi Palmerning sobiq sherigini tarkibga qaytarmoqchi