Jastin Lids 1:1dan keyin bir ochkoga rozi bo'ldi

Angliya Premyer-ligasining 23-turida «Lids» va «Everton» o'zaro bahsda 1:1 hisobida durang qayd etib, bittadan ochko qo'lga kiritdi. «Lids» safida gol muallifi Jeyms Jastin bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdan so'ng Jastin natijani izohladi: «Birinchi bo'limni juda yaxshi boshladik. Gol urdik, yana imkoniyatlar ham bo'ldi, ammo ustunlikni davom ettira olmadik. Raqibning ham o'z kuchli tomonlari bor ekan, ikkinchi bo'limda ular yaxshiroq o'ynashdi va yakunda bir ochko bilan kifoyalandik», — deya uning so'zlarini BBC Sport keltiradi.
APLning 24-turida «Lids» o'z maydonida Londonning «Arsenal» klubini qabul qiladi. O'yin yanvar oyining so'nggi kunida bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing