date

Garner birinchi bo‘lim sust o‘tdi ikkinchisida yutish mumkin edi

Garner birinchi bo‘lim sust o‘tdi ikkinchisida yutish mumkin edi

Angliya Premyer-ligasining 23-tur o‘yinlari yakunlandi. “Everton” o‘z maydonida “Lids”ni mag‘lub eta olmadi va jamoa yarimhimoyachisi Jeyms Garner natijaga birinchi bo‘limdagi sust o‘yin sabab bo‘lganini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Garnerning aytishicha, dastlabki 45 daqiqada futbolchilar sust harakat qilgan, to‘plarga vaqtida yetib bormagan. Tanaffusdan keyin jamoa o‘yiniga jiddiy o‘zgartirishlar kiritilgan, ikki almashtirish ham shunga xizmat qilgan. Yarimhimoyachi fikricha, “Everton” ikkinchi bo‘limdagi bosim hisobiga uchrashuvni yutib ketishi ham mumkin edi. U jamoa safarda yaxshi natija ko‘rsatayotganini, endi uy o‘yinlarida ham qo‘shimcha kuch bilan o‘ynash zarurligini qo‘shimcha qildi.

Premyer-liganing 24-turida “Everton” navbatdagi bahsini “Brayton”ga qarshi o‘tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garner birinchi bo‘lim sust o‘tdi ikkinchisida yutish mumkin edi