Ronaldu Al Nasr g'alabasidan so'ng bayonot berdi

Saudiya Arabistoni Pro-ligasining dushanba kungi uchrashuvida «Al Nasr» «Al Taavun»ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Bellashuvdan keyin Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda qisqa izoh qoldirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugaliyalik hujumchi bu safar gol ura olmadi, biroq jamoaning g'alabasidan mamnunligini yashirmadi. «Qadam-baqadam. Maqsadimizga to'liq diqqat!» — deya yozdi Ronaldu.
Ushbu uch ochko «Al Nasr»ni turnir jadvalida ikkinchi o'ringa olib chiqdi. Jamoa peshqadam «Al Hilol»dan hozircha besh ochko ortda bormoqda.
Ma'lumot uchun, 5 fevral kuni Ronaldu 41 yoshni qarshi oladi. Uning «Al Nasr» bilan shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum yakuniga qadar amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing