Yuventus APLdan hujumchi Betuni safiga qo'shmoqchi

Angliyaning «Everton» klubida to'p surayotgan 27 yoshli hujumchi Betu Italiya A Seriyasiga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda Gazzetta dello Sport jurnalistlari xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, futbolchini Turinining «Yuventus» klubi o'z safiga jalb etishga qiziqish bildirmoqda. «Qari sinyora» forvardni 2025/2026 yilgi mavsum yakunigacha ijaraga olishni rejalashtirmoqda, ijara muddati tugagach esa Betuni sotib olish huquqiga ega bo'ladi. Hujumchining bozor bahosi 20 million yevroga teng.
Joriy mavsumda Betu «irisoklar» safida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi. Uning «Everton» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing