Brunu Fernandesh MYUdan maoshini oshirishni xohlamoqda

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh transfer mish-mishlarida tez-tez tilga olinmoqda. Bunga sabab — uning klub bilan amaldagi shartnomasi tugashiga bir yarim yildan ham kam vaqt qolgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugaliyalik futbolchi avvalroq ham bunday gap-so'zlarga o'zi sababchi bo'lgan: agar klub istasa, transfer variantini inkor etmasligini aytgan edi.
Goal portalining turk filiali xabariga ko'ra, Fernandesh yangi shartnomaga imzo chekishga tayyor, biroq haftasiga 400 ming funt (taxminan 460 ming yevro) miqdorida maosh talab qilmoqda.
31 yoshli Brunu MYU safida olti yil davomida 312 ta o'yinda maydonga tushib, 103 ta gol va 98 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Hozirda «Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!