date

Flik Arauho'ni tez orada Barselona asosiga qaytarishi mumkin

Flik Arauho'ni tez orada Barselona asosiga qaytarishi mumkin

"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauho uzoq tanaffusdan so'ng asta-sekin optimal formaga qaytmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Urugvaylik futbolchi noyabr oxiridan yanvar boshigacha maydonga tushmadi — klub psixologik muammolar sabab unga dam berishni ma'qul ko'rgan. Sport nashri xabariga ko'ra, bosh murabbiy Hans-Diter Flik Arauho'ni asosiy tarkibga qaytarishga tayyor va buning uchun eng qulay lahzani kutmoqda. Katta ehtimol bilan, 26 yoshli himoyachi uzoq tanaffusdan keyin ilk bor 3 fevral kuni "Albasete"ga qarshi kubok uchrashuvida startda maydonga tushadi.

Arauho safga qaytganidan beri ikki marta zaxiradan o'yinga qo'shildi — u Madridning "Real"i va "Slaviya"ga qarshi bahslarda maydonga tushgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik Arauho'ni tez orada Barselona asosiga qaytarishi mumkin