Rosenyor Laviya kelajakda jahon darajasiga chiqishini aytdi

Rosenyor Laviya kelajakda jahon darajasiga chiqishini aytdi

«Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rosenyor yarim himoyachi Romeo Laviyaning kelajagi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Belgiyalik futbolchi jarohatlar tufayli muntazam ravishda safdan chiqib qolmoqda. 22 yoshli хавбек yaqinda navbatdagi shikastini davoladi, biroq hozircha maydonga qaytganicha yo‘q.

«Laviya juda zo‘r o‘yinchi. Unda jahon darajasidagi yarim himoyachiga aylanish salohiyati bor. U hali tiklanishning bir necha bosqichidan o‘tishi kerak, ammo uni mashg‘ulotlarda ko‘rib turganimdan xursandman. Biz Romeoning holatini diqqat bilan nazorat qilishimiz lozim», — deya Rosenyor so‘zlarini jurnalist Fabritsio Romano keltirdi.

Joriy mavsumda Laviya «Chelsi» tarkibida 7 ta uchrashuvda maydonga tushdi va hozircha gol yoki assist bilan ajralib chiqmadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar