PSJ hujumchisi Dembele Saudiya chempionatiga yo'l olishi mumkin

PSJning fransuz hujumchisi Usman Dembele Saudiya Arabistoni chempionatida faoliyatini davom ettirishi ehtimoli bor. Sky Sports manbasi shu haqda xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, saudiyalik shayxlar yozgi transfer oynasi uchun «Oltin to'p» sohibini olib kelish ustida ish boshlagan. Kelishuvning taxminiy qiymati hozircha oshkor qilinmadi, shuningdek Dembelega qaysi top-klub qiziqish bildirayotgani ham noma'lum.
Avvalroq Dembele PSJ bilan shartnomani uzaytirish uchun juda yuqori maosh talab qilayotgani aytilgandi. Biroq parijliklar prezidenti jamoa yetakchisi bo'lsa ham klubdagi belgilangan maosh limitidan oshib ketmasligini qat'iy bildirgan.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 28 yoshli Dembelening bozor qiymati 100 million yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!