date

Chelsi himoyachisi Disasi ikki klub diqqat markazida

Chelsi himoyachisi Disasi ikki klub diqqat markazida

Londonning “Chelsi” klubi markaziy himoyachisi Aksel Disasi qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. 27 yoshli fransuz futbolchisiga birdaniga ikki klub qiziqish bildirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Britaniyalik insayder Ben Jeykobs xabariga ko‘ra, Disasi “Vest Hem” radariga tushgan. “Molotboychilar” allaqachon “Chelsi” rahbariyati bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

Italiyada ham himoyachiga talab bor: jurnalist Janluka di Marsio ma’lumotiga ko‘ra, Disasi “Fiorentina” uchun mudofaa chizig‘ini kuchaytirishdagi ustuvor variantlardan biri hisoblanadi.

Disasi joriy mavsumda atigi uchta o‘yinda maydonga tushdi va samarali harakatlar bilan ajralib turmadi. Uning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chelsi himoyachisi Disasi ikki klub diqqat markazida