Denzel Dyumfris qachon Inter safida maydonga qaytadi

Milaning “Inter” klubi himoyachisi Denzel Dyumfrisning tiklanish muddati bo‘yicha yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Paskuale Guarroning xabar berishicha, 28 yoshli futbolchi ikki hafta ichida umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilishi kerak. Manbaga ko‘ra, Dyumfris 22-fevral kuni “Lechche”ga qarshi uchrashuvga qaytishi mumkin.
Shuningdek, uni 15-fevral kungi “Yuventus”ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritish ehtimoli ham bor, biroq maydonga tushishi katta ehtimol bilan kutilmayapti.
Joriy mavsumda Dyumfris barcha musobaqalarda 15 ta uchrashuvda qatnashib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
“Inter” 28-yanvar kuni Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi yakuniy o‘yinini Dortmundning “Borussiya”siga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!