date

Denis Makarov Turkiya futboli markazdan kam o'ynalishini aytdi

Denis Makarov Turkiya futboli markazdan kam o'ynalishini aytdi

«Kayserispor» safini to'ldirgan rossiyalik hujumkor yarim himoyachi Denis Makarov Turkiya chempionatidagi o'yin uslubi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbolchining ta'kidlashicha, bu yerda o'yin juda dinamik: hujumlar tez-tez almashadi, jamoalar esa ko'pincha markaz orqali pozitsion hujum qurmaydi. Makarovning aytishicha, uchrashuvlar ochiq va tezkor o'tadi, imkoniyatlar ikki tomonga ham deyarli teng taqsimlanadi — bir payt bir jamoada besh-olti vaziyat bo'lsa, keyin raqib ham shuncha imkon yaratadi. Uning fikricha, kim tezroq gol ursa, o'yinni yutish ancha osonlashadi.

Makarov yangi klubiga moslashish jarayonida ko'plab sharh va videolarni ko'rganini ham qo'shib o'tdi. U Turkiyada jamoalar odatda darvoza oldida «avtobus» qo'yib, faqat himoyadan o'ynab qolib ketmasligini qayd etdi.

Hozirda «Kayserispor» Turkiya Superligasi turnir jadvalida 17-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi uchrashuvini 1 fevral kuni safarda «Galatasaray»ga qarshi o'tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Denis Makarov Turkiya futboli markazdan kam o'ynalishini aytdi