Barselona Ferran Torresning holati haqida ma'lumot berdi

“Barselona” hujumchi Ferran Torresning jismoniy holati yuzasidan rasmiy bayonot e'lon qildi. Klub xabariga ko'ra, futbolchi Chempionlar ligasida “Kopengagen”ga qarshi o'yinda maydonga tushishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Ko'k-anorranglilar” Ferran tibbiy ruxsat olganini va “Kopengagen”ga qarshi uchrashuv qaydnomasiga kiritilganini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, hafta oxirida Torres Ispaniya chempionatida “Real Ovedo”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborgandi. O'sha o'yinda “Barselona” 3:0 hisobida g'alaba qozongan.
Avvalroq kataloniyaliklar “Kopengagen”ga qarshi uchrashuv uchun ro'yxatni ham e'lon qilgan. “Kamp Nou”dagi bahs Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing