Sporting murabbiyi Borjyes Atletikka qarshi kuchini ko'rsatmoqchi

«Sporting» bosh murabbiyi Rui Borjyes YeChLning umumiy bosqichi so'nggi turida «Atletik» Bilbao bilan bahsda jamoasi bor kuchini ishga solishini aytdi. Uchrashuv 28 yanvar kuni, 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi. Borjyes «Sporting» katta ambitsiya bilan o'ynab, hatto bosim ostida qolgan taqdirda ham o'z darajasini ko'rsatmoqchi ekanini ta'kidladi. Turnir jadvalida «Sporting» 13 ochko bilan 10-o'rinda, «Atletik» Bilbao esa 8 ochko bilan 23-pog'onada bormoqda.
Lissabonning «Sporting» jamoasi bosh murabbiyi Rui Borjyes YeChL doirasida «Atletik» Bilbao bilan bo'ladigan uchrashuv oldidan matbuot anjumanida qatnashdi. Umumiy bosqichning so'nggi turi 28 yanvar kuni, 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Borjyesning ta'kidlashicha, «Sporting» kuchli raqibga qarshi o'z imkoniyatini sinab ko'radi va eng yaxshi sakkizlikka kirish uchun bor kuchini ishga soladi. «Katta ambitsiya bilan o'ynaymiz. Hatto bizni ortga siqib qo'yishsa ham, o'z darajamizni ko'rsatishni xohlaymiz», — deya murabbiy so'zlarini UEFA sayti keltirdi.
Mutaxassis, «Atletik» Ispaniya chempionatida hozircha barqaror natija ko'rsata olmayotgan bo'lsa-da, tarkibida turli milliy terma jamoalarda to'p suradigan yuqori saviyali futbolchilar jamlanganini ham qayd etdi.
Turnir jadvalida «Sporting» 13 ochko bilan 10-o'rinda bormoqda. «Atletik» Bilbao esa 8 ochko jamg'argan holda 23-pog'onani egallab turibdi.






























Izohlar 0
…