Morata Niko Pas qolsa bepul o‘ynashga tayyorligini aytdi

Morata Niko Pas qolsa bepul o‘ynashga tayyorligini aytdi

Seshanba kuni Italiya Kubogida “Komo” “Fiorentina”ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Uchrashuvda “Komo” safida Alvaro Morata va Niko Pas ham gol muallifiga aylandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O‘yindan so‘ng Morata jamoadoshi haqida hazil aralash gapirdi: “Agar Niko Pas ‘Komo’da yana bir yil qolsa, men ham qolaman va bepul o‘ynayman”, — deya kulib aytdi hujumchi. Uning so‘zlarini The Touchline keltirdi.

Shu bilan birga, yozda Niko Pasni qaytarib olishni Madridning “Real” klubi rejalashtirmoqda, degan gap-so‘zlar bor.

Italiya Kubogi chorak finalida “Komo” “Napoli”ga qarshi maydonga tushadi. A Seriyada esa Sesk Fabregas boshqaruvidagi jamoa hozircha turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar