Yuventus afsonasi Buffonni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Chorshanba kuni italiyalik mashhur sobiq darvozabon Janluiji Buffon navbatdagi tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Italiya terma jamoasining eks futbolchisi 48 yoshga to‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu munosabat bilan «Yuventus» matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tabrik yo‘lladi. «Oq-qoralar» Buffonni faoliyati o‘zi haqida gapirib turadigan afsona sifatida tilga oldi va: «Tug‘ilgan kuning bilan, Jidji!» — deya yozdi.
Buffon «Yuventus» safida 685 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushgan. Ushbu uchrashuvlarda darvozabon 539 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Ma’lumot uchun, Buffon Italiya chempionatida 10 bor chempion bo‘lgan. Shuningdek, u 5 marta Italiya kubogini, 6 marta esa Italiya superkubogini qo‘lga kiritgan. 2006 yilda esa u Italiya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!