Atletiko Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisini ko'zlamoqda

Madridning «Atletiko» klubi qishki transfer oynasida asosiy maqsad sifatida Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Leon Goretskaga e'tibor qaratdi. «Matraschilar» uni Konor Gallaxer o'rnini to'ldira oladigan futbolchi deb bilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Sky Germany jurnalisti Florian Plettenberg xabariga ko'ra, Goretska Diyego Simeone va Mateu Alemani uchun “orzudagi nishon” hisoblanadi.
Manbada aytilishicha, «Atletiko» va futbolchi o'rtasida allaqachon to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar o'tkazilgan, navbatdagi bosqich esa chorshanba kuni bo'lib o'tdi. Madrid klubi taklif qilayotgan loyiha Goretskaga ma'qul: u yaqin kunlarda poytaxtga ko'chib o'tish yoki mavsum oxirigacha «Bavariya»da qolish variantlarini ko'rib chiqmoqda. Yakuniy qaror 24 soat ichida qabul qilinishi kutilmoqda.
30 yoshli Goretskaning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!