date

Ayvən Toni Saudiya ligasida Ronalduyni ortda qoldirdi

Ayvən Toni Saudiya ligasida Ronalduyni ortda qoldirdi

Saudiya Arabistoni chempionatining to'purarlik poygasida Krishtianu Ronaldu raqibiga yo'l berdi. "Al-Ahli" hujumchisi Ayven Toni "Al-Ittifaq"ka qarshi o'yinda porlab, jamoasining 4:0 hisobidagi g'alabasiga katta hissa qo'shdi va xet-trik qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu natijadan so'ng Toni hisobidagi gollar 18 taga yetib, u to'purarlar ro'yxatida yakka peshqadamga aylandi. "Al-Nasr" safidagi Ronaldu va "Al-Qodisiya" hujumchisi Xulian Kinones esa 16 tadan gol bilan ikkinchi o'rinni bo'lishib turibdi.

Turnir jadvalida "Al-Hilol" yetakchilik qilmoqda: jamoa 17 turda hali mag'lubiyat ko'rmagan — 14 g'alaba va 3 durang.

Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonida 2023 yildan beri to'p surib kelmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ayvən Toni Saudiya ligasida Ronalduyni ortda qoldirdi