date

Eddi Hau Livramentoning qachon safga qaytishini aytdi

Eddi Hau Livramentoning qachon safga qaytishini aytdi

«Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Hau himoyachi Tino Livramentoning tiklanish jarayoni haqida ma’lumot berdi. Avvalroq futbolchi son orqa mushagi jarohatini olgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Hau so‘zlariga ko‘ra, Livramentoning ahvoli yomon emas va bugun u yana tekshiruvdan o‘tadi. Mutaxassis hammasi reja bo‘yicha ketsa, himoyachini mart oyining boshlarida maydonga qaytarishni rejalashtirmoqda.

Joriy mavsumda 23 yoshli Livramento barcha musobaqalarda 19 ta uchrashuvda ishtirok etdi, gol ura olmadi, biroq bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

«Nyukasl» 31-yanvar kuni Angliya chempionati doirasida safarda «Liverpul»ga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv 20:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Eddi Hau Livramentoning qachon safga qaytishini aytdi