date

Fenerbahche Atalanta bilan Ademola Lukman transferini muhokama qildi

Fenerbahche Atalanta bilan Ademola Lukman transferini muhokama qildi

Turkiyaning «Fenerbahche» klubi va Italiya «Atalanta»si nigeriyalik hujumchi Ademola Lukmanni transfer qilish masalasida muzokara o‘tkazdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, 30 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng kelishuv yakuniy bosqichga yaqinlashgan. «Fenerbahche» Lukman uchun bonuslar bilan birga 40 million yevro to‘lashga tayyor.

O‘tgan yozda futbolchiga Milan «Inter»i ham jiddiy qiziqish bildirgan, biroq «Atalanta» uni qo‘yib yubormagan. Shundan keyin Lukman bir muddat maydonga tushishni istamagan. Joriy mavsumda 28 yoshli hujumchi 19 o‘yinda 3 gol urdi va 2 assist qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fenerbahche Atalanta bilan Ademola Lukman transferini muhokama qildi