Fujayrada taekvondochilarimiz 14 medal bilan mavsumni yorqin boshladi

BAAning Fujayra shahrida taekvondo WT bo‘yicha “Fujayrah Open - 2026” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mavsumdagi ilk xalqaro startda qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi 14 ta medal — 2 ta oltin, 6 ta kumush va 6 ta bronza jamg‘ardi.
Bu natija, ayniqsa, mavsum endigina boshlanayotganini hisobga olsak, juda ishonchli signal: jamoa formaga kirib boryapti, raqobat esa allaqachon yuqori. Musobaqa haqida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Oltin medal sohiblari
-74 kg: Нажмиддин Қосимҳожиев
-87 kg: Ёдгор Жўрабоев
Kumush medal sohiblari
-58 kg: Омонжон Отажонов
-74 kg: Мироншоҳ Музаффаров
-80 kg: Жасур Жайсунов
+87 kg: Марат Мавлонов
-53 kg: София Хан
-57 kg: Мадина Мирабзалова
Bronza medal sohiblari
-58 kg: Камрон Мансуров
-63 kg: Шамсиддин Қурбонов
-68 kg: Диёр Тўхлибоев
-53 kg: Лайло Зайнитдинова
-62 kg: Севинч Хайитова
+73 kg: Ирода Миртожиева
Qisqasi, Fujayradan qaytgan jamoa “mavsumga tayyormiz” degan gapni medallar bilan aytib qo‘ydi. Endi asosiyси — shu tempni tushirmasdan, keyingi startlarda ham oltinlar sonini ko‘paytirish. Muhlislarga esa bitta gap: taekvondoda bu yil kayf bor, ko‘rinib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!