"Manchester Siti"ning "Nyukasl"ga qarshi asosiy tarkibi e’lon qilindi

Bugun Angliya Liga kubogida hal qiluvchi tunlardan biri. "Manchester City" o‘z maydonida "Newcastle United"ni qabul qiladi. Gap EFL Cup yarim finalining javob bahsi haqida ketmoqda.
Dastlabki uchrashuvda manchesterliklar 2:0 hisobida ustun kelgan edi. Shu bois, bugungi to‘qnashuv “shaharliklar” uchun ustunlikni saqlab qolish, “Nyukasl” uchun esa kambek qilish imkoniyati sifatida qaralyapti. Kubok o‘yinlarida esa ikki gol farq hech qachon to‘liq kafolat emas — bir tezkor gol butun ssenariyni o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Jamoalar maydonga quyidagi asosiy tarkibda tushadi.
"Manchester Siti" asosiy tarkibi
- Darvozabon: Trafford
- Himoya: Nunesh, Husanov, Ake, Ayt-Nuri
- Markaz: Niko, Reynders, O’Rayli
- Hujum: Semeno, Foden, Marmush
Zahiralar: Donnarumma, Diash, Xoland, Sherki, Rodri, Nyupan, Makaydu, Alleyn, Lyuis.

Bu tarkibda e’tiborni tortadigan jihat — hujum chizig‘ida Foden, Semeno va Marmushning birgaligi. Tezlik va driblingga qurilgan o‘yin “Siti”ning asosiy qurollaridan biri bo‘lishi mumkin. Zaxirada esa Xoland va Rodridek o‘yin taqdirini hal qila oladigan futbolchilar bor.
"Nyukasl Yunayted" asosiy tarkibi
- Darvozabon: Ramsdeyl
- Himoya va markaz: Tripper (s), Xoll, Botman, Tonali, Gordon, Tiau, Voltemade, Uillok, Byorn
- Hujum: Remzi
Zahiralar: Poup, Vissa, Barns, Osula, Elanga, J. Myorfi, A. Myorfi, Shaxar, Niv.

“Nyukasl” tarkibiga qarasak, jamoa jismoniy kuch va intizomga suyanishini ko‘rish mumkin. Tripper yetakchiligidagi himoya chizig‘i va Tonalining markazdagi ish hajmi ularning asosiy tayanchi bo‘ladi.
Intriga nimada?
“Siti” uyda o‘ynaydi va ikki gollik zahiraga ega. Lekin kubok bahslarida erta gol o‘tkazib yuborish barcha rejani buzishi mumkin. “Nyukasl” esa yo‘qotadigan narsasi kam, shuning uchun ular xatarli va ochiq o‘yin namoyish etishi ehtimol.
Qisqasi, bugungi bahsda nafaqat taktika, balki xarakter ham hal qiluvchi omil bo‘ladi. Muxlislarni esa yana bir futbolli tun, yuqori temp va ehtimoliy drama kutib turibdi. Kubok o‘yinlari aynan shunday lahzalar uchun seviladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!