Brunu 200 golga hissa bo'yicha faqat Runidan ortda qoldi

Brunu 200 golga hissa bo'yicha faqat Runidan ortda qoldi

"Manchester Yunayted" o'z maydonida "Tottenhem"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvda Brayan Mbeumo va Brunu Fernandesh gol muallifiga aylandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Opta ma'lumotiga ko'ra, Fernandesh "Manchester Yunayted" safida 200 ta samarali harakatga yetdi: 104 ta gol va 96 ta golli uzatma. Portugaliyalik futbolchi bu marraga 314 o'yinda erishdi.

APL davrida (1992/1993 mavsumidan beri) "MYU"da 200 ta golga hissa ko'rsatkichini bundan tezroq qayd etgan atigi bitta futbolchi bor — Ueyn Runi. U 295 ta uchrashuvda ushbu natijaga chiqqan.

Uchinchi o'rinda Krishtianu Ronaldu qayd etilgan: u "qizil iblislar" safida 200-golli harakatini 339-o'yinda rasmiylashtirgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar