Al-Nasr Ronalduni almashtirish uchun ikki nomzodni belgiladi

Krishtianu Ronaldu klub boshqaruvidan norozi ekanini ochiq ko'rsatdi: portugaliyalik yulduz «Al-Nasr»ning so'nggi ikki uchrashuvida maydonga tushmadi. Avvalroq xabar qilingani kabi, saudiyaliklar 41 yoshli futbolchini qo'yib yuborishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Saudiya Arabistonida esa Pro-ligada Ronaldu o'rnini boshqa global darajadagi superyulduz bilan to'ldirish g'oyasi muhokamada. Asosiy nishon — «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh. Shuningdek, «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Bruno Fernandesh nomzodi ham ko'rib chiqilmoqda. Bu haqda Transfer News Live The i Paper manbasiga tayangan holda yozdi.
OAV Saloh (33) va Fernandesh (31)ni avval ham Saudiya klublari bilan bog'lagan edi. Transfermarkt bahosiga ko'ra, Salohning qiymati 30 million yevro, Fernandeshniki esa 40 million yevroni tashkil etadi.
«Al-Nasr» hozirda Saudiya Pro-ligasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!